Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qoʻldoshev ishtirokida "Yosh qutqaruvchilar forumi" oʻtkazildi

Joriy yilning 20-dekabr kuni "Yosh qutqaruvchilar forumi" tashkil etilib, unda Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.Qoʻldoshev vazirlik tizimidagi yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Forumda muddatli harbiy xizmatchilar, kursantlar, yosh ofitserlar hamda "Yosh qutqaruvchi" koʻngillilar klublari a'zolaridan iborat jami 500 nafar yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Favuqulodda vaziyatlar vaziri nutq soʻzlab, 2023-yilda tizimda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlarga toʻxtalib oʻtib, kelayotgan 2024-yilda qilinishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Shuningdek, forumda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi T.Poyonov, FVV Akademiyasi boshligʻi general-mayor R.Xaydarov, Faxriylar kengashi raisi E.Ikromov hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir yakunida tashabbuskor va izlanuvchan “Yosh qutqaruvchi” klubi a’zolari hamda vazirlik tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan yosh harbiy xizmatchilar Favqulodda vaziyatlar vazirligi esdalik belgisi, qo‘l soati hamda "Faxriy yorliq" bilan taqdirlash marosimi oʻtkazilib, ijodiy jamoalarning badiiy chiqishlari namoyish etildi.