Qoraqalpog'iston Respublikasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri o'rinbosari polkovnik X.Alibayev Qoraqalpog'iston Respublikasida aholini is gazidan zaharlanishlari, yong'in va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida tuzilgan tezkor-shtablarning ish faoliyatini o‘rganib chiqdi. Xususan, To'rtko‘l, Ellikqal'a va Beruniy tumanlaridagi hokimliklarda tuzilgan tezkor-shtablarda bo'lib, ishchi guruhning hamkor tashkilotlar bilan birgalikda keng qamrovli ishlar olib borish yuzasidan zarur ko'rsatma va tavsiyalar berdi.