Buxoroda tungi o‘rganish ishlari olib borildi

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan viloyat Harbiy prokurori ishtirokida Buxoro Davlat Universiteti va Buxoro muhandislik texnologiya instituti yotoqxonalarida tungi vaqtda o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida binolarni issiqlik bilan ta’minlovchi lokal isitish qozonxonalarining holati, xodimlarning xizmat olib borishi va agregatlarning xavfsiz ishlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yotoqxonadagi talabalar bilan suhbat uyushtirilib, ularga is gazidan zaharlanishdan saqlanish, yong‘in xavfsizligi, sanitariya qoidalariga rioya etish borasida tushunchalar berildi.