"Qamchiq" dovonida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi

Bugun, 19-dekabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik S.T.Zuparov rahbarligida A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘linimg "Qamchiq" dovoni qismida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT) boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining dovon hududida tabiiy, texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga oid harakatlariga bag‘ishlab tashkil etilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqining dastlabki kuni o‘z yakuniga yetdi. Unda 8 ta nuqtada shartli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirildi. O‘quv mashqi 20-dekabr kuni ham davom etadi.