Surxondaryoda tungi nazorat profilaktik tadbirlari davom etmoqda 

Surxondaryo viloyati hokimi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi hamda hamkorlikdagi tashkilotlar bilan birgalikda Termiz shahrida tunda insonlar qoladigan obyektlarda oʻrganish ishlari olib borildi. Oʻrganish davomida mutasaddilar tomonidan ijtimoiy soha obyektlari isitish qozonxonalari koʻzdan kechirilib, masʼul xodimlarga qoʻshimcha yoʻriqnomalar berildi. Shuningdek is gazi, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, yongʻinlarning oldini olish boʻyicha keng qamrovli profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.