Xorazmda aholi va hududlar xavfsizligini ta'minlash yo‘lida zarur choralar ko‘rilmoqda

Isitish mavsumida yong‘in, chaqnash, is gazidan zaharlanish va boshqa turli ko‘ngilsizliklarning oldini olish va xavfsizlikni ta'minlash maqsadida Xorazm viloyati FVB xodimlari daxldor tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda viloyatning barcha hududlarida kunu tun kuchaytirilgan tartibda targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini olib bormoqdalar. Tadbirlar davomida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari, aholi xonadonlari, ko‘p qavatli uylar hamda savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida aholi va ishchi-xizmatchilarga zarur tushunchalar berilib, eslatma va bukletlar tarqatilmoqda.