E'lon!

Joriy yilning 19-20-dekabr kunlari A-373 “Toshkent-O’sh” avtomobil yo’lining "Qamchiq" dovoni qismida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT) boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining dovon hududida tabiiy, texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha harakatlariga bag‘ishlangan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkaziladi. 

Eslatib o‘tamiz ushbu qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari har yili dekabr oyida o‘tkaziladi. O‘z navbatida, fuqarolarimizdan mazkur o‘quv mashqlarining amaliy jarayonlariga oid materiallarni noto‘g‘ri talqin qilmaslik, balki mavjud ma'lumot va axborotlardan unumli hamda oqilona foydalanishni so‘rab qolamiz.