Favqulodda vaziyatlar vazirining topshirig‘iga asosan Markaziy apparat xodimlaridan iborat ishchi guruh Farg‘ona viloyatiga yuborildi

Mazkur ishchi guruh zimmasiga Farg‘ona viloyatida is gazidan zaharlanish, yong‘inlar va gaz-havo aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq holatlarning oldini olishga mas’ul tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish vazifasi yuklatilgan. Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Respublikaning barcha hududlarida bu kabi tadbirlar amalga oshirilmoqda.