Sayyor qabul o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik F.Mirzayev va Kitob tumani to‘rtta sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Tadbir davomida qish mavsumida aholiga gaz, muqobil yoqilg‘i mahsulotlarini yetkazish, yashash xonadonlarida ulardan xavfsiz va oqilona foydalanish, is gazidan zaxarlanish holatlarni oldini olishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan omillar to‘g‘risida so‘z yuritilib, murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish borasida mutasaddilarga zarur vazifalar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.