"Qoraqarg‘a" davonida o‘quv-amaliy mashqi o‘tkazildi

Navoiy viloyatining Nurota va Navbahor tumanlarini bog‘lovchi "Qizilqum xalqa" avtomobil yo‘lining "Qoraqarg‘a" davonida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda, davon hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan o‘quv-amaliy mashqi o‘tkazildi. O‘quv mashqini o‘tkazishdan maqsad davon hududida to‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan vaqtda tezkor va to‘g‘ri harakatlarni amalga oshirishdan iborat bo‘ldi.