“Farhod GES” UKda maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati FVB tomonidan “Farhod GES” UKda “Zilzila va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda obyekt fuqaro muhofazasi tuzilmalarining tuman FVDqT xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. O‘quv mashqi doirasida zilzila oqibatida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlarni xavfsiz hududga ko‘chirish va qutqarish, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli xizmatlar bilan birgalikdagi harakatlar amalda bajarilib, ko‘nikmalar qayta sinovdan o‘tkazildi.