Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev boshchiligidagi ishchi guruh tungi vaqtda Sergeli tumanida o‘rganish ishlarini olib bordi

Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga binoan Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev boshchiligidagi soha masʼullari hamda hamkor tashkilotlarning mutasaddilaridan iborat ishchi guruh ob-havoning murakkab sharoitlarida tunu kun insonlar ko‘p bo‘ladigan obyektlar, energetika obyektlari va issiqlik markazlarini uzluksiz, barqaror ishlashi, aholiga benuqson xizmat koʻrsatilishi va xavfsizlik choralarini toʻliq ta’minlanishi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda sodir bo‘lganda zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish borasida Sergeli tumanida tungi vaqtda o‘rganish ishlarini olib bordi.

Xususan, “Tashkent city” hududida katta bayram tadbirlari o‘tkaziladigan obyektlarda tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirilib, yong‘in xavfsizligi va boshqa ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.  

Shundan so‘ng, Sergeli tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi 9-yongʻin-qutqaruv qismi faoliyati oʻrganilib, shaxsiy tarkibning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi, biriktirilgan maxsus texnikaning mavsumiy shayligi va texnik holati bilan tanishildi.

Navbatdagi manzil, “Veolia” MChJ XK issiqlik bilan ta’minlovchi markaz tomonidan yetkazib berilayotgan issiqlik ta’minoti holati, xodimlarning xizmat olib borishi va agregatlarning xavfsiz ishlash jarayonlari o‘rganildi.

Tadbir jarayonida tunu kun insonlar ko‘p bo‘ladigan Toshkent shahardagi Koica kasb hunarga o‘qitish markazi yotoqxonasiga tashrif buyurildi. U yerda yong‘in xavfsizligi, sanitariya, issiqlik ta’minoti, zahira elektr energiyasi holati ko‘rib chiqildi. 

O‘rganish jarayonida, aniqlangan kamchiliklar soha masʼullari ishtirokida tanqidiy muhokama qilinib, zarur ko‘rsatmalar berildi.