Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev boshchiligidagi ishchi guruhning  tungi vaqtdagi o‘rganishlaring navbatdagi manzili Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘ldi

Xabar berib borayotganimizdek, Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga binoan Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev boshchiligidagi soha masʼullari hamda hamkor tashkilotlarning mutasaddilaridan iborat ishchi guruh ob-havoning murakkab sharoitlarida tunu kun insonlar ko‘p bo‘ladigan obyektlar, energetika obyektlarini uzluksiz va barqaror ishlashi, aholiga benuqson xizmat koʻrsatilishi va xavfsizlik choralarini toʻliq taminlanishi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda sodir bo‘lganda zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish borasida Toshkent shahrida tungi vaqtda ham o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Xususan, Mirzo Ulug‘bek tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi 6-yongʻin-qutqaruv qismi faoliyati oʻrganilib, shaxsiy tarkibning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi, biriktirilgan maxsus texnikaning mavsumiy shayligi va texnik holati ko‘zdan kechirildi.

Shundan so‘ng, Shaxriobod ko‘chasida joylashgan aholini issiqlik bilan ta’minlovchi 1-son issiqlik markazi tomonidan yetkazib berilayotgan issiqlik ta’minoti holati, xodimlarning xizmat olib borishi va agregatlarning xavfsiz ishlash jarayonlari o‘rganildi.

Navbatdagi manzil Yunusobod tumani Ziyolilar ko‘chasida joylashgan  “Botanika” podstansiyasi bo‘ldi. U yerda xodimlar ish faoliyati, podstansiya ishchi holati, agregatlarning xavfsiz, uzluksiz va barqaror ishlashi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Tadbir jarayonida tunu kun insonlar ko‘p bo‘ladigan I.M.Gubkina nomli Rossiya davlat neft va gaz universitetiga qarashli bo‘lgan talabalar yotoqxonasiga tashrif buyurildi. U yerda yong‘in xavfsizligi, sanitariya, issiqlik ta’minoti, zahira elektr energiyasi holati ko‘rib chiqildi. Shuningdek, talabalar bilan suhbat qurilib, ularga yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalari eslatib o‘tildi.

O‘rganish jarayonida, aniqlangan kamchiliklar soha masʼullari ishtirokida tanqidiy muhokama qilinib, zarur ko‘rsatmalar berildi.