FVV jamoasi kurash sport turi bo‘yicha “Qurolli Kuchlar birinchiligi” musobaqasida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi

Joriy yilning 9-12-dekabr kunlari Buxoro shahrida Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlari o‘rtasida sportning kurash turi bo‘yicha “Qurolli Kuchlar birinchiligi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tarkibiga kiruvchi idoralarning 100 dan ortiq sportchi xodimlari 60, 66, 73, 81, 90, 100 va 100 kg dan og‘ir vazn toifalarida o‘zaro bellashdilar.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, FVV terma jamoasi a’zolari shaxsiy hisobda 73 kg vazn toifasida Toshkent viloyati FVB harbiy xizmatchisi oddiy askar J.Saparov hamda 81 kg vazn toifasida Qashqadaryo viloyati FVB harbiy xizmatchisi oddiy askar Sh.Ablakulovlar 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Umumjamoa xisobida, birinchi o‘rinni Ichki ishlar vazirligi, ikkinchi o‘rinni Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda uchinchi o‘rinni Davlat xavfsizligi xizmati terma jamoalari egalladilar.