“Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari doirasida 

FVV O‘ta muhim va toifalangan obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish “Uzbekistan Airports” AJ obyektlarida yong'in xaxfsizligini ta'minlash bo'limi xodimlari tomonidan “I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti”da “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida aeroport ishchi-xizmatchilariga birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishlari hamda is gazidan zaharlanishdan saqlanish to‘g‘risida tushunchalar berildi.