Xorazmda maxsus-taktik o‘quv mashqi

Xorazm viloyatida  bugungi kundagi ob-havo sharoitidan kelib chiqib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ijtimoiy soha obyektlari va aholi xonadonlariga issiqlik yetkazib berish darajasini aniqlash va FVDT hududiy quyi tizimi boshqaruv organlari, kuch va vositalarining hamkorligini muvofiqlashtirish maqsadida, viloyat mexanizatsiyalashgan yig‘ma komandasi va kommunal soha tashkilotlaming mavsumga tayyorgarligi bo‘yicha saf ko‘rigi o‘tkazildi. Tadbir davomida yaratilgan zahira materiallarining hozirgi holati o‘rganilib, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.