G‘oliblar munosib taqdirlandi

Avval xabar berganimizdek, Yoshlar siyosati va sport vazirligi ishchi guruhi tomonidan 27 ta vazirlik, idora va tashkilotlar shaxsiy tarkibidan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” bo‘yicha sport sinovlarini qabul qilingan edi. Mazkur sinovlarda vazirlik vakillari ham munosib ishtirok etib, sport sinovlari natijasiga ko‘ra vazirlik jamoasi eng yuqori natijalarni qayd etgan. Shu munosabat bilan, bugun, 12-dekabr kuni ushbu sinovlarda faol ishtirok etgan xodimlar vazirlik Markaziy apparati binosida Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari Durdona Raximova tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.