Aholini zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilishiga o‘rgatish tadbirlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Farg‘ona va Samarqand viloyatlaridagi harbiy shaharchalarda Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda "O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-158-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida aholini zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilishi va uning oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.