Navoiy viloyati Kengashining sessiyasida FVB axboroti eshitildi

Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining navbatdan tashqari oltmish to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Normat Tursunov raislik qilib, yigʻilish davomida Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig'i polkovnik B.K.Pulatov tomonidan viloyatda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida olib borilayotgan tadbirlar hamda kamchilik va muammolarni mas’ul tizim rahbarlari ishtirokida bartaraf etish boʻyicha atroflicha muhokamalar qilindi. Shuningdek, bu kabi sessiyalar viloyatning barcha tuman va shaharlarida oʻtkazilib, joylardagi Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshliqlarining mavsumga tayyorgarlik holatlari yuzasidan ma'lumotlari tinglandi.