⚡️"Qamchiq" dovonida qor yog‘ishda davom etmoqda 

🔰Ayni vaqtda "Qamchiq" dovonida qor yog‘ishda davom etmoqda. FVV, YPX va  "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK xodimlari hamkorligida yo‘lga qum-tuz aralashmasini sepish va yo‘lni qordan tozalash ishlari olib borilmoqda. Dovondagi vaziyat toʻliq nazorat ostida, ikki tomonlama avtomobillarning xavfsiz harakati davom etmoqda.

💢Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi.