Qirg‘oq mustahkamlash tadbirlari doimiy nazoratda

Namangan viloyatida FVV vakili, FVB hamda FVDqT xizmatlari kuch va vositalari bilan hamkorlikda toshqin suvlari va aholiga xavf soluvchi omillarning oldini olish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu borada Pop tumanining "Yuksalish" MFY, Mingbuloq tumani hamda Namangan tumanidan oqib o‘tuvchi  “Sirdaryo” daryosi qirg‘oqlarini mustahkamlash va Chust tumani “Shoyon” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Rezaksoy” soyining himoya dambalari, shuningdek, Pop tumanidan oqib o‘tuvchi “Uyg‘ursoy” soyi ko‘prigining yuqori qismi qirg‘oqlarini o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchilklar yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiyalar berilil, ularning bartaraf etilishi nazoratga olindi.