“Yong‘in xavfsizligi oyligi” davom etmoqda

FVV Favqulodda vaziyatlar muammolari va yong‘in xavfsizligi ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari tomonidan “O‘zeltexsanoat” uyushmasida yong‘in xavfsizligi oyligi doirasida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirda yong‘indan xabar beruvchi signalizatsiyalar hamda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha ishchi xodimlarga tegishli ko‘rsatma va ma’lumotlar berildi.