“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB “Taxiatosh IES” AJ obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘limi hamda obyekt rahbariyati tomonidan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida profilaktik tadbirlar amalga oshirilib, stansiyaning qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, obyektda xizmat olib borayotgan xodimlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ko‘ngilli yong‘in o‘chirish drujinalari o‘rtasida musobaqa o‘tkazilib, g‘olib va sovrindor jamoalar kubok, diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.