Buxoroda qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi 

Buxoro viloyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.  O‘quv mashqlari davomida kommunal tizimning qish mavsumda barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga elektr energiyasi hamda gaz resurslarini yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishda turli toifadagi obyektlar, korxona va tashkilotlar ishchi xodimlarining o‘z vazifasiga ko‘ra zarur harakatlari amalda bajarib o‘tildi.