O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatining navbatdagi medalini qo‘lga kiritdi

Eslatib o'tamiz, bugun Istanbul shahrida bo'lib o'tayotgan yong'in-qutqaruv sporti bo'yicha jahon chempionatining navbatdagi sovrinlari to'plami o'ynaldi. 
Turnirning ikkinchi kunida ishtirokchilar 100 metr masofaga to‘siqlar osha yugurish bo‘yicha bahslashdi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdulvosid Rahmonov 15,49 soniya natija qayd etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa, Rahmonov O‘zbekistonning avval 15,66 soniyani tashkil etgan rekordini ham yangiladi. Qayd etish joizki, jahon chempionati sovrinlari uchun 20 dan ortiq mamlakat terma jamoalari kurash olib bormoqda.