G‘oliblar aniqlandi

“Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!”

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan boshqarma, shahar va tuman bo‘limlari hamda yong‘in-qutqaruv otryadlari xodimlari o‘rtasida futzal musobaqasi o‘tkazildi. Yakunda g‘olib va sovrindor jamoalar kubok, diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.