O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Namangan va Toshkent viloyatlarida tadbirlar bo‘lib o‘tdi

“Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!”

Mazkur tantanali tadbirlar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarida o‘tkazilib,  unda boshqarma boshliqlari tomonidan shaxsiy tarkibga Favqulodda vaziyatlar vazirining bayram tabriklari o‘qib eshittirildi. Tadbir davomida o‘zining namunali mehnati bilan o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarga “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni hamda nabatdagi harbiy unvonlar tantanali topshirildi.