⚡️"Qamchiq" dovonidagi vaziyat 

#online

🔰Ayni vaqtda "Qamchiq" dovonining yuqori nuqtalarida qor yog‘moqda. Dovondagi vaziyat toʻliq nazorat ostida, ikki tomonlama avtomobillar harakati davom etmoqda. 

💢Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi.