O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Samarqand, Xorazm va Andijon viloyatlarida tadbirlar bo‘lib o‘tdi

“Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!”

Mazkur tantanali tadbirlar Samarqand, Xorazm viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Andijon viloyati hokimligida o‘tkazilib,  unda viloyat hokimi va boshqarma boshliqlari tomonidan Davlat rahbari va Favqulodda vaziyatlar vazirining bayram tabriklari o‘qib eshittirildi.

Tadbir davomida o‘zining namunali mehnati bilan o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchi va xizmatchilarga “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, “Faxriy yorliq”, “Tashakkurnoma” hamda nabatdagi harbiy unvonlar tantanali topshirildi.