Hurmatli generallar, ofitser va serjantlar, xizmatchi xodimlar, muhtaram faxriylar!

Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha harbiy xizmatchilari, qutqaruvchi va xizmatchilarini, ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchi talabalarini, shuningdek, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolarini, faxriylarni Bosh qomusimiz qabul qilinganining o‘ttiz bir yillik shodiyonasi munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi sifatida demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, aholining erkin va obod turmushini ta’minlash, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish hamda barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida inson huquq
va erkinliklarini qonuniy himoya qilish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida xalqimiz farovonligi, yurt taraqqiyoti yanada yuksalmoqda. Bosh qonunimizni chuqur o‘rganish, anglash, hayotga joriy etish va unga so‘zsiz amal qilish – barchamizning sharafli burchimizdir.

Fursatdan foydalanib, ayyom munosabati bilan Sizlarga mustaxkam salomatlik, oilaviy farovonlik, dasturxoningizga qut-baraka, sharafli vazifangizda omad
va muvaffaqiyatlar tilagan holda, Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 31 yillik ayyomi munosabati bilan qizg‘in muborakbod etaman!

Ushbu qutlug‘ kunda xalqimiz farovonligini ta’minlash, fuqarolarni o‘z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berishdek mas’uliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin.  

 Ulug‘ ayyom barchamizga muborak bo‘lsin!

                                                                                                                                                      Hurmat bilan,

                                                                                                                                                 Vazir

                                                                                                          general-mayor  A.Qo‘ldoshev