O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligida tantanali tadbir o‘tkazildi

Bugun, 7-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” shiori ostida Favqulodda vaziyatlar vazirligida bayram tadbiri tashkil etildi.
     
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev FVV harbiy xizmatchilari va xizmatchilarini bayram munosabati bilan qizg‘in qutladi.
     
Tadbir doirasida bir guruh harbiy xizmatchilarga “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni hamda nabatdagi harbiy unvonlar tantanali topshirildi.