Matbuot anjumani

#online

Ayni vaqtda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi O‘rmon xo‘jaligi agentligi mutaxassislari ishtirokida "Orol dengizining suvsiz hududida o‘rmonzorlar barpo etish tadbirlari" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Unda mutaxasissislar Orol dengizining suvsiz hududida o‘rmonzorlar barpo etish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar bermoqda.

Shuningdek, OAV vakillari mavzu doirasida mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha  javoblar olmoqdalar.