Eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslar bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Kuni kecha, Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi xodimlari tomonidan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan shahar 2-son imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi va  101-sonli Zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘qtivchi murabbiylar va tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda “Biz yong‘inga qarshimiz” shiori ostida surdo tarjimonlar yordamida yong‘inlar va ularning oqibatlari, yong‘in kelib chiqmasligi uchun ko‘rilishi zarur bo‘lgan choralar tog‘risida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.