Profilaktika: tungi vaqtda ham xizmat davom etadi 

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan ijtimoiy soha obyektlarining isitilish tizimi va qurilish ishlari olib borilayotgan obyektlar ishchi xodimlarining vaqtinchalik tashkil etilgan yotoqxonasida tungi tekshiruv tadbirlari o‘tkazildi. Tadbir davomida ishchi xodimlar hamda quruvchilarga yong‘in, is gazi va chaqnashlarning oldini olish yuzasidan profilaktik reyd tadbirlari olib borildi. Albatta, bu kabi tadbirlarni tashkil qilishdan maqsad turli favqulodda vaziyatlar, xususan, yong‘in kelib chiqishi, fuqarolarning is gazidan zaharlanishlari bilan bog‘liq holatlarning oldini olishdan iborat.