“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” 

Mustaqillikning 32 yillik tantanalariga bag'ishlangan tadbirda Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig'i tomonidan shaxsiy tarkibga navbatdagi harbiy unvonlar va uzoq yillar davomida xizmat qilib, yoshlarga o'rnak bo'lgan xodimlarga "Faxriy yorliq"lar topshirildi. Nafaqaga chiqqan harbiy xizmatchilar tantanali kuzatildi. Shuningdеk, viloyat harbiy tashkilotlari o'rtasida o'tkazilgan "Quvnoqlar va zukkolar" musobaqasida faxrli 1 o'rinni egallagan Buxoro viloyati FVB jamoasiga boshqarma boshlig'i mukofotlarini topshirib, rеspublika bosqichida g'alabaga erishish yo'lida muvaffaqiyat, kuch va g'ayrat tiladi.