Qirg‘oq mustahkamlash tadbirlari

Andijon viloyatida FVV vakili, FVB hamda FVDqT xizmatlari kuch va vositalari bilan hamkorlikda toshqin suvlari va aholiga xavf soluvchi omillarni  oldini olish maqsadida Andijon tumanining “Omonov”  MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Qoradaryo” daryosining qirg‘oqlarini mustahkamlash, Paxtaobod tumanining “Bo‘ston” MFY va Izboskan tumaninig “Qo‘g‘ay” MFY hududlaridan oqib o‘tuvchi “Maylisoy” soyning suv tezligini so‘ndirish maqsadida qurilayotgan Barrajlarni o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida aniqlangan kamchilklar yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiyalar berildi.