"Yoshlarga korrupsiyasiz kelajak qoldiraylik"

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida va “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Surxondaryo va Xorazm viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida tegishli tashkilot mas’ul xodimlari va OAV vakillari ishtirokida “Yoshlarga korrupsiyasiz kelajak qoldiraylik” mavzusida profilaktik hamda “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari tashkil etildi. 

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan tadbirda soha faoliyati, undagi korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, shuningdek, faoliyatning ochiqligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida OAV vakillariga ma’lumotlar berilgan bo‘lsa, Xorazm viloyatidagi tadbirda tegishli tashkilot vakillari tomonidan shaxsiy tarkib ortasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya va manfaatlar toqnashuvi holatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida atroflicha tushunchalar berildi.