FVVda Idoralararo Kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Kecha, 5-dekabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligida Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha idoralararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tadbirda Idoralararo kengash a’zolari, ekspertlar va vazirlik xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish kun tartibida “Aholining barcha qatlamini zilzilada harakatlanishga o‘rgatishga mo‘ljallangan interaktiv mobil ilovaning axamiyamti”, “Davlat ilmiy dasturlari doirasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar”, “Favqulodda vaziyatlarni oldini oluvchi xodimlarning kasbiy tayyorgarligi: muammo va yechimlar, shuningdek, “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish shuingdek, fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar” muhokama etildi.

Xususan, Idoralararo kengash a’zolari tomonidan favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan dolzarb masalalar tahlil qilinib, ilmiy yondashgan holda tavsiyanomalar ishlab chiqishga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Yig‘ilish baxs-munozaralarga boy, konstruktiv tarzda o‘tkazilib, ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha Idoralararo kengashning tegishli qarori qabul qilindi.