Ko‘ksaroyda Mustaqilligimizning 32 yilligiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha, Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tgan tadbirda marosim ishtirokchilarini avvalo Mustaqilligimizning 32 yilligi bayrami bilan tabriklab, Davlat mukofotlarini topshirdi. Ular orasida  Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh xodimlari ham borligi quvonarli albatta. FVV Respublika qutqaruv markazi otryad g‘avvos-qutqaruvchisi oddiy askar Asadov Bekzod Maxsud o‘g‘li davlat mukofotini Prezidentdan olishga sazovor bo‘ldi.