Davlat rahbarining qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev boshchiligidagi ishchi guruhning Toshkent shahridagi o‘rganishlari davom etmoqda

Tabiiyki havo haroratining pasayishi bilan aholining elektr energiyasiga hamda tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoji ortadi. Bunda kommunal sohalarning barqaror faoliyati aholi turmush sifatini ta’minlaydigan eng muhim omil hisoblanadi. Toshkent shahri hududida ko‘p qavatli uylar hamda ijtimoiy obyektlarni issiqlik ta’minoti, gaz va energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojni sifatli ta’minlash, ularni uzluksiz va barqaror ishlashiga qaratilgan tizimli ishlar davom etmoqda.

Xususan, bugun, Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev boshchiligida, Shayxontohur tumanida mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga zarur ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, ishchi guruhning o‘rganishlari aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida tungi vaqtda ham olib borilmoqda.