“Obod Akademiya” aksiyasiga start berildi

Kecha, 4-dekabr kuni Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida xizmat qilayotgan ofitserlarning tashabbusi bilan, o‘zlari ta’lim olgan dargohda – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar Akademiyasida “Obod Akademiya” aksiyasi o‘tkazildi. Unda Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik X.Alibayev rahbarligida Toshkent viloyati FVB ofitserlari hamda Akademiya rahbariyati ishtirokida “Bitiruvchilar bog‘i”ni barpo etish ishlari boshlandi. Tadbir davomida, ofitserlar o‘zlari ta’lim olgan Akademiyaning bugungi yangi qiyofasi va yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar hamda “Bitiruvchilar bog‘i”da manzarali daraxt ko‘chatlarini ekdilar. “Obod Akademiya” aksiyasi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida davom etmoqda.