Qirg‘oq mustahkamlash ishlari doimiy nazoratda

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani “Oqqo‘rg‘on” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Oltinsoy” daryosi va Qumqo‘g‘on tumani “Umid nihollari” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Bandixon” sel yo‘lini sel suvlaridan muhofaza qilish va qirg‘oqlarini manzilli dastur asosida mustahkamlash ishlarini FVV, mahalliy hokimlik va boshqa tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Albatta bunday tadbirlar aholi va hududlarni sel, suv toshqini hodisalaridan muhofaza qilishga xizmat qiladi.