"Yoshlarga korrupsiyasiz kelajak qoldiraylik”

Kuni kecha, “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” va “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” munosabati bilan Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida tegishli tashkilotlar mas’ul xodimlari va OAV vakillari ishtirokida “Yoshlarga korrupsiyasiz kelajak qoldiraylik” mavzusida profilaktik hamda “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari tashkil etildi.

Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan tadbirda soha faoliyati, undagi korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, shuningdek, faoliyatining ochiqligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida OAV vakillariga ma’lumotlar berilgan bo‘lsa, Toshkent viloyatidagi tadbirda tegishli tashkilot vakillari tomonidan  shaxsiy tarkib ortasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya va manfaatlar toqnashuvi holatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida atroflicha tushunchalar berildi.