Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga jahon chempionatida munosib ishtirok etish uchun muvaffaqiyat tiladi

Favqulodda vaziyatlar vazirligida yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha erkaklar o‘rtasida XVIII va ayollar o‘rtasida IX jahon chempionatiga O‘zbekiston terma jamoasini tantanali kuzatuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqa Turkiyaning Istanbul shahrida joriy yilning 31-avgustidan 6-sentabriga qadar bo‘lib o‘tadi. Vazir terma jamoa a’zolari bilan norasmiy muloqotda ularga omad tiladi va jamoani yuqori natijalarga erishish uchun barcha shart-sharoit mavjudligini takidladi.