Shveytsariyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi boshchiligidagi delegatsiya Fuqaro muhofazasi institutiga tashrif buyurdi

Mamlakatimizda keng miqyosda o‘tkazilayotgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida bugun, 4-dekabr kuni Fuqaro muhofazasi institutida Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari uchun favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha tayyorgarlik mashqlari o‘tkazildi. Shveytsariyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Konstantin Obolenskiy elchixona xodimlari bilan birgalikda turli hususiyatli favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmasini oshirdi. Elchi K.Obolenskiy tomonidan tadbirlar yuqori saviyada o‘tkazilganligi alohida e’tirof etilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fuqaro muhofazasi institutiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.