“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tadbirlar

Kecha, 1-dekabr kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Farg'ona viloyati FVBda, viloyatda faoliyat yuritayotgan jurnalist va blogerlar hamda korxona tashkilot axborot xizmatlarini jalb qilgan holda matbuot anjumani va ochiq eshiklar kuni o'tkazildi. Mazkur tadbirda soha faoliyati ko‘lami, undagi korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, shuningdek, faoliyatining ochiqligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida OAV vakillariga ma’lumotlar berildi. Tadbirda jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan atroflicha javoblar oldilar.