Navoiy viloyati FVB xodimlari tomonidan oʻquv amaliy seminari tashkil etilidi

Navoiy viloyati FVB xodimlari tomonidan Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Navoiy fillialida "Ovqatdan ommaviy zaharlanish - botulizm kasalligini oldini olishda FVDT tegishli xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida oʻquv amaliy seminari tashkil etilidi. Unda mas'ul xodimlar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlaridan ommaviy zaharlanishda va favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida tushunchalar berildi.