⚡️Pech yordamida isitishga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablari bilasizmi❓

🔰Qonunchilikka ko‘ra, isitish pechlaridan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi:

🔹yoqilgan pechlarni nazoratsiz qoldirish hamda ularni nazorat qilishni yosh bolalarga topshirish;
🔹pechlar atrofida va ularning eshiklari (tuynuklari) oldidagi tunuka qoplamasida yoqilg‘i va boshqa yonuvchi moddalar va materiallarni joylashtirish;
🔹pech va tandirlarni yoqish uchun yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklardan (benzin, kerosin, dizel yonilg‘isi va boshqalar) foydalanish;
🔹ushbu turdagi yoqilg‘ilarga mo‘ljallanmagan pechlarni ko‘mir, koks va gaz yoqilg‘ilari bilan yoqish;
🔹xonalarda majlis yoki boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi davrida pechlarni yoqish;
🔹ventilyatsiya (shamollatish) va gaz kanallaridan dudburon sifatida foydalanish;
🔹pechlarni haddan ziyod qizdirib yuborish;
🔹pechlar va boshqa isitish moslamalarini yonuvchan konstruksiyalardan yong‘inga qarshi bo‘linmasiz (ajratmasiz), yonmaydigan materialdan tayyorlangan o‘lchami 0,5×0,7 m dan kam bo‘lmagan o‘choqning oldiga qo‘yiladigan panellarsiz (yog‘ochdan tayyorlangan va boshqa yonuvchan materiallardan tayyorlagan pollarda), shuningdek, bo‘linma (ajratma) va o‘choq oldi panellarida kuyishlar va shikastlanishlar (yoriqlar) bo‘lganda ishlatish;
🔹pechlarni yoqish uchun uzunligi o‘choq kattaligidan kattaroq o‘tindan foydalanish;
🔹pechlarni eshigi ochilgan holda yoqish.