FVV xodimi sovrindorlar qatorida

Bugun, 1-dekabr kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik M.Muxitdinov, O‘zbekiston Respublikasi Armrestling federatsiyasi Osiyo kubogi musoboqasida 2-o‘rinni egallagan Olmazor tumani FV bo‘limi qutqaruvchisi oddiy askar Begzod Manazarovni samimiy tabriklab, diplom, esdalik sovg‘a va pul mukofoti bilan taqdirladi.

O‘z o‘rnida, hamkasbimiz Begzod Manazarovni ushbu muvaffaqiyat bilan qizg‘in muborakbod etib, kelgusida tashkil etiladigan musobaqalarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz.