Chiroqchi tumanida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi

Joriy yil 28-30 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.  

Uch kun davom etgan o'quv mashqlari davomida turli toifadagi obyektlarda, korxona va tashkilotlar ishchi xodimlarining o‘z vazifasiga ko‘ra zarur harakatlari amalda bajarib o‘tildi.  

Rejaga ko'ra, mashg'ulotda shartli ravishda e’lon qilingan zilzila davrida faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalarda yuzaga kelgan avariya natijasida FVDT tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar favqulodda vaziyatlarga qay darajada tayyor ekanliklari, korxona ishchilarining bunday vaziyatlarda harakatlari sinovdan o‘tkazilib, bilim va ko‘nikmalari oshirildi.